Ilova haqida barcha ma'lumot
MementoChat - bu ID orqali kirish bilan ishlaydigan chat ilovasi. Siz ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng shaxsiy ID raqamingiz beriladi va boshqa foydalanuvchilar sizni shu ID orqali topib xabar yoza oladi.
Ro'yxatdan o'tish uchun ismingiz, yoshingiz, jinsingiz va parolni kiriting. Parol kamida 4 belgidan iborat bo'lishi shart. Hisob yaratilgach, sizga ID raqamingiz ko'rsatiladi - uni eslab qoling!
Keyingi safar ilovaga "Hisobingiz bormi? Kirish" havolasi orqali kiradi. Kirish uchun ID raqamingiz va parolingiz kerak bo'ladi.
Ilovaga kirganingizdan so'ng chap tomonda qidiruv maydoni bo'ladi. U yerga foydalanuvchining ID raqami yoki ismini yozib, suhbatni boshlashingiz mumkin. Suhbatni tanlaganingizda xabarlar almashish oynasi ochiladi.
"Nastroyka" tugmasi orqali quyidagilarni qilishingiz mumkin:
Xabar yozish maydoni yonidagi smaylik tugmasi orqali tayyor stikerlarni yuborishingiz mumkin.
Ochilgan suhbat oynasida o'chirish tugmasi orqali suhbatni o'chirishingiz mumkin. Ikkala tomondan o'chirish variantini ham tanlasangiz, suhbat boshqa tomondan ham o'chib ketadi.
Ilova yuqori qismidagi "Kashlok" bo'limi orqali balansingizni kuzatib borishingiz mumkin. Bu summangiz ilovada boshqa vazifalar uchun ishlatiladi.
"Nastroyka" tugmasi yonidagi web.app tugmasi orqali ilovani qurilmangizga o'rnatishingiz mumkin. Shunda ilova telefon ilovasi kabi ishlaydi.